Kitoblar

МЕҲНАТ МИГРАНТЛАРИ ОИЛАЛАРИДА ШАХСЛАРАРО МУНОСАБАТЛАРНИНГ ПЕДАГОГИК-ПСИХОЛОГИК ОМИЛЛАРИ

МЕҲНАТ МИГРАНТЛАРИ ОИЛАЛАРИДА ШАХСЛАРАРО МУНОСАБАТЛАРНИНГ ПЕДАГОГИК-ПСИХОЛОГИК ОМИЛЛАРИ
Д.А.Маджидова, Д.Ғ.Хусанова, А.А.Базаров, Б.А.Акбаров, Н.Х.Зохитова, М.Ш.Яхняева, Н.М.Сайдалиева.

Қўлланма Ўзбекистон Республикаси маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш вазирлиги ҳузуридаги «Маҳалла ва оила» илмий-тадқиқот институтининг ЖҲБЛ-1-сонли «Меҳнат мигрантларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ва реинтеграция қилишнинг педагогик-психологик жиҳатлари» мавзусидаги илмий лойиҳаси доирасида нашрга тайёрланган.


YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH MASALALARI

YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH MASALALARI
H.D.Norqulov

Ushbu monografiya ko‘p yillar davomida oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari hamda 70 dan ortiq mahallalardagi yosh oilalar bilan olib borilgan uchrashuvlar, maʼruzalar, suhbatlar asosida sinov va tajribalardan o‘tkazilgan hamda hayotiy misollardan kelib chiqib yozildi.
Shuningdek, oliy taʼlim muassalaridagi “Pedagogika” kursining “Oilada pedagogik o‘zaro munosabatlar”, “Shaxs tarbiyasi va kamolotining subyekti sifatida”, “Oila-shaxs tarbiyasi va kamolotining ijtimoiy-madaniy muhiti”, “Oilaviy hayot sohasi tarbiya muhiti sifatida”, “Oiladagi tarbiyaviy vazifalar” va “Talabalarni oilaga tayyorlash” kabi mavzulari mohiyatini ochib berishda hamda mahallalardagi oilalarda istiqomat qilayotgan yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash ko‘nikmalarini shakllantirishda qo‘llaniladi.
Monografiya natijalaridan respublikamizda olib borilayotgan mahalla va oilalar bo‘yicha sog‘lom oila siyosatiga oid masalalarni ilmiy o‘rganishda, “Mahalla - oila - taʼlim muassasalari hamkorligi”dagi maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy-mafkuraviy uchrashuvlar va tadbirlarda hamda aholi orasida olib boriladigan targ‘ibot - tashviqot ishlari jarayonida keng foydalanish mumkin.
Mazkur monografiya O‘zbekiston mahalla va oilalarida istiqomat qilib, yashab ulg‘ayib kelayotgan yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan.


BOLALARGA NISBATAN SHAFQATSIZ MUNOSABAT: BELGILARI, ANIQLASH VA YORDAM KO‘RSATISH USULLARI

BOLALARGA NISBATAN SHAFQATSIZ MUNOSABAT: BELGILARI, ANIQLASH VA YORDAM KO‘RSATISH USULLARI
G.V.Xrulnova, R.A.Bazarova, Sh.R.Allabergenova, G.A.Ruziyeva

Mazkur qo‘llanmada mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari mutaxassislarining bolalar bilan shafqatsiz muomala holatlarini o‘z vaqtida aniqlash va shu kabi holatlarga taʼsir ko‘rsatish chora-tadbirlarini uyushtirish uchun maʼlumotlar taqdim etilgan. Qo‘llanma patronaj hamshiralar, tibbiyot xodimlari, psixologlar va ijtimoiy ish xodimlariga ham foydali bo‘ladi.
Qo‘llanmada asosiy tushunchalar, bolaning shafqatsiz muomalaga duchor qilinayotganini aniqlash mumkin bo‘lgan belgilar batafsil yoritilgan. Oilada va ko‘chada zo‘ravonlik holatlariga reaksiya qilish modeli taklif etilgan.
Qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining JHBL-24 “Bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatlarning ijtimoiy, psixologik va pedagogik tahlili” mavzusidagi loyiha doirasida tayyorlangan.


OILA INSTITUTIGA NIKOHDAN TASHQARI MUNOSABATLAR TAʼSIRINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

OILA INSTITUTIGA NIKOHDAN TASHQARI MUNOSABATLAR TAʼSIRINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Abdusamatov H.U.

Mazkur monografiya oila bo‘yicha ishlaydigan turli tashkilot va muassasalar, oliy taʼlim muassasasi talabalari hamda mahalla va oilalar bilan ishlaydigan soha mutaxassislariga mo‘lajallangan bo‘lib, unda qonuniy nikohdan o‘tmasdan birga yashayotgan oilalar, ularning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillar, nikohdan tashqari munosabatlarning ijtimoiy psixologik xususiyatlari, oilada er-xotin o‘rtasida tushuncha va bilim darajalarining mosligi, turli nizolarning sabablari va ularning oldini olish bo‘yicha psixologik tavsiyalar bayon qilinadi.
Ushbu monografiya oliy taʼlim muassasasidagi “Oila psixologiyasi”, “Oilaviy munosabatlar psixologiyasi”, “Nizolar psixologiyasi”, “Ota-onalik psixologiyasi” kabi maxsus kurslarni ilmiy-nazariy va empirik maʼlumotlar bilan boyitadi.


Абдусаматов Х. bola (4)

BOLANING OTA HAQIDAGI TASAVVURLARINI SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Abdusamatov X.U.

Uslubiy qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yana-da qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tayyorlandi. Unda mazkur farmon va qarorlarda nazarda tutilgan masalalarning yoritilishiga xizmat qiluvchi maʼnaviy qadriyatlarimiz, ilmiy manbalardan samarali foydalanildi.
Qo‘llanma, birinchi navbatda, bo‘lajak, yosh otalar va ularning atrofidagi oila aʼzolariga bag‘ishlanadi. Undan tarbiyachi, pedagog, psixologlar, oila masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutasaddi xodimlar, o‘z farzandini komil inson bo‘lib yetishishini istagan barcha ota-onalar hamda oliy o‘quv yurtlaridagi “Oila psixologiyasi”, “Rivojlanish psixologiyasi”, “Ota-onalik psixologiyasi”, “Oilalar va bolalar bilan ishlash” fanlaridan qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalanish mumkin.


SUITSIDAL FAOLLIK VA UNI PROGNOZLASH MUAMMOLARI

SUITSIDAL FAOLLIK VA UNI PROGNOZLASH MUAMMOLARI
B.M.Botirov, S.R .Botirova

Mazkur monografiya 2020-2021-yillar davomida “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan bajarilgan “Suitsidal faollikni pasaytirishga oid chora-tadbirlar samaradorligiga taʼsir etuvchi psixologik omillar” mavzuidagi ilmiy loyiha doirasida amalga oshirilgan tadqiqotlar negizida yozilgan.


mahr

“MAHR” TUSHUNCHASI: QONUNCHILIK VA SHARIAT
X. X. SAYDIVALIYEVA, B. A. XONTURAYEV

Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar[1]da mahr tushunchasini qonunchilikka kiritish bo‘yicha takliflar bildirilmoqda jumladan, “Misrda erkaklar o‘zi va oilasi yashashi uchun aniq uy-joy topmaguncha uylanmasliklari, Eronda ham mahr masalasida juda katta cheklov qo‘yilganligi, diniy eʼtiqodimiz nuqtayi nazaridan 90 foizdan ortiq aholi musulmon bo‘la turib nima uchun mahr bilan bog‘liq bo‘lgan “senz”[2]ni qo‘ya olmayotganligimiz, ajrashmoqchi bo‘lgan erkak xotiniga uy-joyni tashlab ketish imkoni bo‘lsagina uylanish kerakligi, bo‘lmasa uylanish kerak emasligi”, kabi takliflar bildirilgan.

[1] https://hordiq.uz/2020/12/22/yurist-kelinga-beriladigan-mahrni-qonunchilikka-kiritishimiz-kerak/
[2] Senz-bu shaxsning u yoki bu huquqdan foydalanish imkonini berish yoki cheklashdir.


zo'ravonlik

OILADA PSIXOLOGIK ZO‘ROVONLIK, SABABLARI, OQIBATLARI VA BARTARAF ETISH USULLARI
Raʼno Ismaylova

Oiladagi psixologik zo‘rovonlik - bu insonga bosim o‘tkazish va uning qadr-qimmatini kamsitish, jamiyatning kichik doirasi bo‘lgan oilada soduir bo‘ladigan holatdir. Jabrlanuvchining psixologik xolatidan boshqa izlar yo‘qligi sababli bu kabi zo‘rovonlikning sodir etilganligini bilish qiyin. Bunday zo‘rovonlikning oqibatlari esa asabiy tushkunlikdan tortib, qattiq depressiya va xatto o‘z joniga qasd qilishgacha bo‘lgan daxshatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Biroq, oqibatlarning oldini olish uchun uning sabablarini, turlarini va alomatlarini o‘z vaqtida aniqlash kerak. Shu bilan birga to‘g‘ridan-to‘g‘ri jabrlanuvchining o‘zi bilan ishlash talab etiladi.
Oiladagi ruxiy zo‘rovonlik hissiy, deb xam ataladi. Bu tizimli ravishda oilaning biror bir aʼzosiga jismoniy taʼsir ko‘rsatmasdan uning shaxsiga zo‘rovonlik ko‘rsatishdir. Ushbu xarakatlarning maqsadi jabrlanuvchini tajovuzkorning aniq yoki yashirin istaklariga buysunishga majbur qilishdir. Jismoniy va ruhiy zaif oila aʼzolari - ayollar va bolalar - bu turdagi psixologik bosimdan aziyat chekadilar. Biroq, erkaklar ham xissiy zo‘rovonlik qurboniga aylanishlari mumkin.


mediatsiya

MILLIY QADRIYATLARDA YARASHTIRUV INSTITUTLARI TARIXIDAN
Mohira Xoliqova

El osoyishtaligini taʼminlash, fuqaroga har tomonlama yordam berish, ularga jabr qilganga nisbatan chora qo‘llash va huquqiy masalalarni hal qilishda adolatli bo‘lishga alohida eʼtibor qilingan.
Xalq anʼanalari, qadriyatlari, urf-odatlarida turli ijtimoiy nizolar mahalla, urug‘-aymoqlar, oilaning kattalari va qarindoshlar aralashuvi bilan, islom arkonlari, shariat, fiqh tamoyillari asosida, qozilik instituti yordamida hal etilgan.
Islom dinida odamlar o‘rtasiga nifoq solish, dushmanlik va kelishmovchilik urug‘ini sepish, o‘zgalarni kamsitish, izzat-nafsiga tegish qattiq qoralangan, musulmonlarni boshqalarni hurmat qilishga, ularning obro‘sini to‘kmaslikka, his-tuyg‘ularini tahqirlamaslikka buyurilgan.
Jamiyat aʼzolari orasida adovat paydo bo‘lishi oqibatida do‘stlik rishtalari uziladi, o‘rtada nizo, ixtilof paydo bo‘ladi, ijtimoiy aloqalar buziladi hamda jamiyat parokandalikka yuz tutadi.


o'smir farzandlar

O‘SMIR FARZANDLAR BILAN MUNOSABATLAR STRATEGIYASI
Mohira Xoliqova

Shaxsning fiziologik, maʼnaviy-ruhiy shakllanishi o‘ta murakkab jarayon bo‘lib, har bir yosh davrning o‘z qonuniyatlari mavjud. Masalan, bolalikning ilk yoshlarida dunyoni anglash, fazoga moslashuv rivojlanadi, keksalikda kognitiv va psixomotorik funksiyalarning sekinlashuvi kuzatiladi.
O‘smirlik yoshi bola tarbiyasining eng murakkab bosqichi sanalib, unda ota-onalardan alohida masʼuliyat va haqiqiy g‘amxo‘rlik talab qilinadi.
O‘smirlik yoshi eng taʼsirchan davr bo‘lib, bu davrda to‘g‘ri yo‘naltirilgan bola tarbiyasi keyingi hayot uchun asos bo‘ladi.


kompetentsiya

KATTALAR TAʼLIMIDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV
Mohira Xoliqova, Dildora Po‘latova

To‘rtinchi sanoat inqilobi, postgloballashuv, informatsion jamiyat, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar transformatsiyasi, siyosiy va ekologik xatarlar – XXI asrning evolyutsion paradigmasi inson, jamiyat hamda taʼlim oldiga yangi vazifalarni qo‘ydi, xususan, taʼlim-tarbiya metodologiyasini qayta ko‘rib chiqish, gumanistik g‘oyalarni himoya qilish, postmodernistik jamiyatda yashash ko‘nikmalarini egallash, shaxsiy imkoniyatlarni muttasil rivojlantirishni taqozo etdi. 
“Lifelong learning” - “umr davomida taʼlim olish” konsepsiyasining paydo bo‘lgani bejiz emas.
Taraqqiyot mutaxassislarning kasbiy potensialini qo‘llab-quvvatlash, progressiv ish uslublari, metodikalar, texnologiyalar bilan tanishtirish, amaliy kompetensiyalarini shakllantirishga hizmat qiladigan tizim – andragogika oldiga ham yangi talablarni qo‘ymoqda.


ovqatlanish madaniyati

SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDA OVQATLANISH MADANIYATINING O‘RNI
Mohira Xoliqova

To‘g‘ri va oqilona ovqatlanish - uzoq va faol umr garovi. To‘g‘ri va oqilona ovqatlanish umrni uzaytirib qolmay, inson salomatligiga ijobiy taʼsir etadi, organizmning normal faoliyat yuritishiga yordam beradi hamda hayotiy orzu va maqsadlarni to‘laqonli amalga oshirishning muhim omili bo‘lib hizmat qiladi.


milliy qadriyatlar

MILLIY QADRIYATLARDA QIZLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH HUSUSIDA
Mohira Xoliqova

Farzand tarbiyasi ota-onaning bosh vazifasidir, bolaga go‘zal tarbiya berish ota-onalikning birinchi masʼuliyatidir.
Tarbiya shaxsning maʼnaviy va aqliy qiyofasini, qolaversa, butun taqdirini belgilovchi omil. Islomiyatning buyuk elchisi Muhammad salallahi alayhi vassalam "Ota-ona o‘z farzandiga odobdan buyuk meros bera olmas", deya marhamat qildilar.
Oilaviy tarbiyaning maqsadi shaxsda hayot yo‘lida uchraydigan turli sinov va to‘siqlarni mardona yengib o‘tishga yordam beradigan xislatlarni shakllantirishdir.


SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MAʼNAVIY MEROSIDA FARZAND TARBIYASI
Farmonova M.

Mazkur ilmiy-uslubiy qo‘llanmada sharq mutafakkirlarining oila, unda farzand tarbiyasi, yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol va vatanparvar etib kamol toptirish haqidagi qarashlari va fikr-mulohazalari bayon etilgan.
Qo‘llanma oilalar, yosh ota-onalar, taʼlim muassasalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari mutaxassislari va faollari, ushbu sohada izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar hamda keng jamoatchilikka mo‘ljallangan.


OILAVIY PSIXOLOGIK KONSULTATSIYA VA UNING USULLARI
Raʼno Ismaylova

Nikoh va oila zamonaviy jamiyatda qiyin davrni boshdan kechirmoqda. Moddiy ahvolning yomonlashuvi, to‘liq bo‘lmagan oilalar sonining ko‘payishi, farzand ko‘rishga bo‘lgan qiziqishning pasayishi (shu jumladan, befarzand oila), bolalarni oiladan chetlashtirish - bularning barchasi bizga oiladagi inqiroz holati to‘g‘risida xabar beradi.
Ko‘p muammolar oilaviy hayotdagi o‘zgarishlar, nizoli vaziyatlar, oila aʼzolari o‘rtasidagi munosabatni buzishilishi jarayonida yuzaga keladi. Mustaqil oila muammolarni o‘zi hal qilishga intiladi. Baʼzi hollarda bu yordam berishi mumkin, boshqalarda esa qarama-qarshiliklarning yana-da kuchayishiga olib keladi.
Oilaviy psixolog -konsultant psixologiya fanining har qanday sohasi - kognitivizm, psixoanaliz, gumanistik psixologiya va boshqalarning tarafdori bo‘lishi mumkin. Psixolog-konsultantning vazifasi maʼlum bir kishiga yoki murojaat qilgan odamlarning kichik guruhiga o‘zining ishonchliligini ko‘rsatadigan usul va metodlardan foydalangan holda psixologik yordam ko‘rsatishdir. Shu bilan birga, oilada konstruktiv o‘zgarishlar yuz berishi uchun, munosabatlarga yordam berishdan tashqari (munosabatlarga yordam berish fonida), maʼlum bir rollar to‘plami taʼsiridan foydalanish mumkin. Psixolog-konsultant tomonidan qo‘llaniladigan taʼsirlarning to‘plami uning nazariy yo‘nalishini aks ettiradi. Biroq, bugungi kunda psixolog-konsultantlarning aksariyati eklektik bo‘lib, turli xil nazariy yondashuvlarda ishlab chiqilgan texnika va usullardan amaliyotda foydalanadilar.


BAXT TUSHUNCHASI VA UNI O‘LCHOVCHI INDEKSLAR
N.M. Egamberdiyeva, X.X. Saydivaliyeva

Ko‘p asrlar davomida "baxt" tushunchasi falsafiy kategoriya bo‘lib kelgan. Hozirgi kunda "baxt" tushunchasiga oid ko‘plab yondashuvlar mavjud. Masalan, gedonist olimlar baxtni his qilish, lazzatlanish, zavqlanish va quvonch deb qarashgan. Evdemonizmda baxt barqaror, ajralmas yaxshilik, barcha intilishlarning motivi va maqsadi tugal orzu deb tushunilgan. XXI-asrga kelib baxt miqdoriy kategoriyaga aylanib ulgurdi hamda uning darajasini formulalar va hisoblashlardan foydalangan holda o‘lchash mumkin bo‘lib qoldi. Bugungi kunda aholining baxtlilik ko‘rsatkichlariga tayangan holda, nafaqat muayyan mamlakatda o‘zini baxtli yoki baxtsiz his qilayotganligini ijtimoiy jihatdan o‘rganish, balki jamiyatning barqaror rivojlanishini belgilashda va davlat siyosati yo‘nalishlarini aniqlashda ahamiyatli bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun, Baxtni o‘lchab bo‘ladimi? Baxtni o‘lchash nima uchun kerak? degan savollar paydo bo‘lmoqdaki, bu borada chuqur ilmiy tahlil va tadqiqotlar o‘tkazish dolzarbdir


jinsiy tarbiya

YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHDA JINSIY-AXLOQIY TARBIYANING AHAMIYATI
Mohira Xoliqova

Jinsiy tarbiya maʼnaviy-axloqiy, jismoniy, aqliy-intellektual, estetik tarbiya bilan uyg‘unlikda olib borilishi, oilada boshlanishi, ota-onalar, shifokorlar, pedagoglar hamkorligida amalga oshirilishi, bolaning yoshi, jin­si hamda boshqa xususiyatlariga monand bo‘lmog‘i darkor.
Zero tarbiya faqat jinsiy hayot asoslari bilan tanishtirish, bolalarga gigiyenik ko‘nikmalar, erkak va ayol tanasining tuzilishi, jinsiy rivojlanish bosqichlari va qonuniyatlarini anglatish bilan cheklanmaydi, balki jinsga nisbatan qarashni to‘g‘ri singdirib borish, yigit va qizlarning o‘ziga xos tarbiyasiga eʼtibor, gender tengligi, farzandlarning o‘zaro muomalada masofa saqlashi, jinsga oid nozik tushunchalar, uylanish va turmush qurish bilan bog‘liq masalalarni yoshiga mos ravishda yetkazish, bu borada ruxsat va taqiqlar, halol va haromning farqiga borishni anglatishni o‘z ichiga oladi.


zo'ravonlik

ZO‘RAVONLIKDAN JABRLANGANLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VA ZO‘RAVONLIKNING OLDINI OLISH (USLUBIY QO‘LLANMA)
Sh. A. Pulatova, A. Sh. Murodov

 Qo‘llanmada zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar tushunchasi, o‘ziga xos xususiyatlari, jabrlangan shaxslarning tavsifi, ularning hulq-atvori jabrlanuvchi bo‘lishiga olib kelishi sabablari va unga imkon bergan shart-sharoitlar hamda zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar yoritilgan.
Mazkur qo‘llanma huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va nodavlat tashkilotlari, jamoat tuzilma aʼzolari, oliy taʼlim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, talaba, tinglovchi va kursantlar, huquqshunoslar, tadqiqotchilar, shuningdek keng kitob-xonlar jamoasiga mo‘ljallangan. Qo‘llanmada 2020-yil yanvar oyi holatidagi normativ-huquqiy hujjatlardan havolalar keltirilgan.


zamonaviy oila

O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY OILA
D.Tashmuxamedova, D.Karimova, B.Mavlonov

Nashr O‘zbekistonda zamonaviy oilani shakllantirish muammolari va mamlakatda sodir bo‘layotgan demografik jarayonlarga bag‘ishlangan.
Tahliliy materiallar 2018-yilda "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining mintaqalarida o‘tkazilgan ijtimoiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha tayyorlangan bo‘lib, oila institutini mustahkamlash masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladigan rahbar shaxslar va mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.


yosh oila

O‘ZBEKISTONDA YOSH OILA
Tashmuxamedova D.G., Karimova D.M.

Mazkur nashr O‘zbekistonda yosh oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik muammolariga bag‘ishlangan. Undagi tahliliy materiallar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan 2018-yilda o‘tkazilgan ijtimoiy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra tayyorlandi.
Ushbu qo‘llanma oila institutini mustahkamlash borasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar, shuningdek, ushbu masalalar bo‘yicha qaror qabul qiluvchi shaxslar uchun mo‘ljallangan


sots anketa

SOTSIOLOGIK ANKETA TUZISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI
Yuldashev S.

Mazkur ilmiy-uslubiy qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazida bajarilgan “Yoshlarning eng dolzarb muammolarini aniqlash va amaliy takliflar ishlab chiqish (yosh oila misolida)” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, u sotsiologik tadqiqotlarda anketa tuzishning nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan.
Ushbu qo‘llanma “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi xodimlari tomonidan dala tadqiqotlarini o‘tkazishda hamda “Oila” o‘quv markazlari mashg‘ulotlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan.


ota-oila ustuni

OTA – OILA USTUNI
D.Tashmuxamedova, B. Umarov

Otaning oila tinchligi, osoyishtaligi, faravonligi va baxtiyor hayotidagi o‘rni, otalik burchi va majburiyatlari, farzandlar tarbiyasidagi masʼuliyati, ota va farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar haqida ilmiy asoslangan maʼlumotlar va tavsiyalar ushbu qo‘llanmada jamlangan.
Uslubiy qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi tizimidagi mutaxassislar, mahalla fuqarolar yig‘inlari huzuridagi komissiyalar aʼzolari, “Ota-onalar universiteti” xodimlari va ota-onalar uchun mo‘ljallangan.